» » Toshkentda zamonaviy gemodializ va laboratoriya diagnostika markazi tashkil etiladi

Toshkentda zamonaviy gemodializ va laboratoriya diagnostika markazi tashkil etiladi


Xususiy tibbiy xizmat ko‘rsatish turlarini rivojlantirish va qamrovini kengaytirish maqsadida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida zamonaviy gemodializ va laboratoriya diagnostika markazi faoliyatini tashkil qilishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar beradi “Kun.uz”.

Hujjatga ko‘ra, zamonaviy gemodializ va laboratoriya diagnostika markazini tashkil etishga doir investitsion loyiha Alles Sag‘lik Group xorijiy korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.

Investor 12 oy davomida o‘z mablag‘lari evaziga 5 million dollar sarmoya jalb qilish, tegishli obyekt rekonstruksiyasi va kapital ta’mirlovi, uni jahon standartlariga javob beruvchi zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladi.

Statsionar 50 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, zamonaviy gemodializ va laboratoriya diagnostika markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida 150 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Qarorga muvofiq, markaz aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanuvchi me’yorlar asosida beminnat tibbiy yordam ko‘rsatadi.

Mazkur qaror ijrosi nazorati O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev zimmasiga yuklatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2018, 13:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 28) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют