GM Uzbekistan savdodagi avtomobillarning pozitsiyalari kеsimini taqdim etadi
GM Uzbekistan AJ xarid jarayonlari shaffofligini oshirish hamda xaridorlarga qulaylik yaratish maqsadida avtomobil xaridi uchun shartnomalar ro‘yxatini pozitsiyalar kesimida taqdim etishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
23-oktabr holatiga GM Uzbekistan rasmiy dilerlik korxonalari tomonidan 22 175 dona avtomobil olish uchun shartnomalar taklif qilinmoqda.
Shu o‘rinda aytish joizki, xaridorlarning Nexia 3 avtomobilining LT 2-pozitsiyasiga bo‘lgan yuqori talabi natijasida ayni damda ushbu avtomobilga shartnomalar tugagan. Hozirda Nexia 3 avtomobilining faqatgina LTZ A/T modifikatsiyasiga shartnomalar mavjud.
Pozitsiyalar kesimida shartnoma tuzish uchun taklif qilinayotgan avtomobillar ro‘yxati:
Spark 2 poz. – 8101
Spark 2 poz. Yevro - 272
Spark 3 poz. AT - 414
Nexia 4 poz. - 2170
Cobalt 1 poz. - 1618
Cobalt 4 poz. - 1175
Lacetti 1 poz. - 1078
Lacetti 1 poz. GBO - 1262
Lacetti 3 poz.- 3263
Malibu - 2676
Malibu Turbo – 146
Kunlik tarzda yangilanib boradigan mazkur ro‘yxat bilan ushbu havolada tanishish mumkin.
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
