» » Sirdaryo paxta teruvchilari va hasharchilariga madaniy-ma’rifiy tadbir uyushtirildi

Sirdaryo paxta teruvchilari va hasharchilariga madaniy-ma’rifiy tadbir uyushtirildi


O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan 2018-yil 21-oktabr kuni Sirdaryo viloyatining Sirdaryo va Sayhunobod tumanlarida paxta terimiga jalb etilgan terimchi va hasharchilar uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirildi. Bu haqda “Daryo”ga Matbuot va axborot agentligi xabar berdi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shukur Qurbon va nashriyotning bir qator ijodiy xodimlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida 21-oktabr – “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan nashriyot xodimlari tomonidan o‘zbek tiliga qaratilayotgan e’tibor, uning ahamiyati, milliy madaniyat va ma’naviyatni kelajak avlodga yetkazuvchi muhim muloqot vositasi ekanligi haqida ma’ruzalar qilindi hamda shoir Shukur Qurbon ijodidan namunalar o‘qib, terimchilar bilan mazmunli suhbat o‘tkazildi.

Tadbir so‘nggida jahon adabiyoti va o‘zbek adabiyoti durdonalari, jumladan, O‘tkir Hoshimovning “Bahor qaytmaydi”, “Nur borki soya bor”, “Ikki eshik orasi”, “Dunyoning ishlari”, Erkin Vohidovning “Inson”, Maqsud Qoriyevning “Spitamen” kabi nashriyotda chop etilgan sara kitob mahsulotlari bilan ilg‘or terimchilar va fidoyi xasharchilar rag‘batlantirildi.

Mazkur tadbirni tashkillashtirishda Sirdaryo va Sayhunobod tumani hokimlarining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari faol ishtirok etishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2018, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют