» » Xorazmda ma’lumotnoma uchun pul talab qilgan kardiolog-shifokor qo‘lga olindi

Xorazmda ma’lumotnoma uchun pul talab qilgan kardiolog-shifokor qo‘lga olindi


Bosh prokuratura huzuridagi departament Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan ma’lumotnoma berish uchun pul talab qilgan kardiolog-shifokor qo‘lga olindi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

“O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Xankin tumani Markaziy poliklinikasining kardiolog-shifokori Z.K. fuqaro G.X.dan pora sifatida 200 dollar va 200 ming so‘mni olayotganda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Shifokor bu pullar evaziga yurak xastaligi bo‘yicha tegishli ma’lumotnoma rasmiylashtirishi kerak edi”, — deya ta’kidlanadi Bosh prokuratura xabarida.

Mazkur fakt bo‘yicha Z.K.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari 4olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2018, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 48) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют