» » O‘zbekistonda uchinchi chorakda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 23,4 foiz o‘sdi

O‘zbekistonda uchinchi chorakda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 23,4 foiz o‘sdi


O‘zbekistonda joriy yilning uchinchi choragida yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 23,4 foiz oshdi va ikkinchi chorak ko‘rsatkichlariga nisbatan 49,4 ming donani tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotida keltirib o‘tiladi, deb xabar beradi Turon 24.

Bundan tashqari, yuk mashinalari ishlab chiqarish hajmi ham ayni shu davrda 38,2% o‘sgan. 3 oy ichida 1472 dona yuk mashinasi ishlab chiqarilgan.

Biroq avtobuslar soni aksincha kamaygan. Uchinchi chorakda avtobus ishlab chiqarish hajmi 50 donaga kamaydi va bu deyarli 38 foizni tashkil etdi.

Avvalroq, Rossiyaning “CHETRA” zavodi o‘zbek korxonalari bilan hamkorlikda zavod qurishga tayyorligini bildirgandi.

Bundan tashqari, Qozog‘iston avtomobil sanoati ham O‘zbekiston avtomobil bozoriga kirish istagini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2018, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют