» » Mirobod tumanida gazdan bo‘lgan penyani 800 ming so‘m evaziga yo‘q qilib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Mirobod tumanida gazdan bo‘lgan penyani 800 ming so‘m evaziga yo‘q qilib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi


Joriy yil 9-avgust kuni Toshkent shahar Mirobod tumanida yashovchi fuqaro Ye. Reshetnyak Majburiy ijro byurosining Mirobod tuman bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda “Daryo”ga MIB Toshkent shahar boshqarmasining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Reshetnyakdan Mirobod tuman gaz ta’minoti uchtaskasi xodimi “Iskandar” ismli shaxs tabiiy gazdan bo‘lgan 1 million 456 ming so‘mlik penyasini yo‘q qilib berish evaziga 800 ming so‘m pul pora talab qilayotganligini ma’lum qilingan.

Ushbu holat yuzasidan Byuroning Mirobod tuman bo‘limi xodimlari ishtirokida tezkor tadbir vaqtida gaz ta’minoti xodimi I. Mamatqulov Mirobod tuman gaz ta’minoti uchastkasi binosida bo‘la turib, firibgarlik, ya’ni o‘zganing mulkini aldash va ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, Ye.Reshetnyakning ishonchiga kirib, uning tabiiy gazdan bo‘lgan 1 million 456 ming so‘mlik penyani yo‘q qilib berishi evaziga 800 ming so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan vaqtda ushlangan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, I. Mamatqulovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2018, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 113) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют