» » Tadbirkorlarga ulgurji savdo qilish litsenziyasi bo‘lmasa ham meva-sabzavot eksport qilish huquqi beriladi

Tadbirkorlarga ulgurji savdo qilish litsenziyasi bo‘lmasa ham meva-sabzavot eksport qilish huquqi beriladi


O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 17-oktabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi qarori bilan eksportga mahsulot yetkazib berishni ko‘paytirishni rag‘batlantirish, ortiqcha va eskirgan ruxsat berish tartibotlarini bekor qilish orqali ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish maqsadida meva-sabzavot eksporti tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida mazkur qaror mazmun-mohiyati muhokama etildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, davlat rahbarining qarori asosida yuridik shaxslarga meva-sabzavot mahsulotlari eksportini dastlabki to‘lovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomasini siyosiy va tijorat xavflaridan sug‘urta polisisiz amalga oshirish huquqi berildi.

Shuningdek, ular meva-sabzavot mahsulotlari eksportidan tushumlarni o‘z vaqtida ta’minlamagan meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilari meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda 100 foizlik oldindan to‘lov olish talablari ularga qo‘llangan holda nohalol meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilar reyestriga kiritiladi.

2017-yilning 1-iyulidan boshlab tadbirkorlik subyektlariga yangi meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlari haqini oldindan 100 foiz to‘lash sharti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida eksport qilishga ham ruxsat etilgan.

Eng muhimi, bundan buyon tadbirkorlik subyektlari ulgurji savdo qilish litsenziyasiga ega bo‘lmasdan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.

Qaror bilan bojxona organlari tomonidan eksport qilinayotgan meva-sabzavot mahsulotlarining bojxona ko‘rigidan o‘tkazish bilan bog‘liq masala ham o‘z yechimini topdi: endi eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilmaydi.

Bundan tashqari, tadbirkorlik subyektlari o‘zlariga ajratilgan yer uchastkalarida meva-sabzavot mahsulotlarini bevosita ularni yetishtirish joylarida sug‘orish, tayyorlash va saqlash bo‘yicha infratuzilma obyektlari qurish uchun yengil konstruksiyalarni qurish yuzasidan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishi mumkinligi belgilandi.

Qarorning yana bir muhim jihati shundaki, organik qishloq xo‘jaligi bo‘yicha dastlabki qadam qo‘yildi. Ya’ni, mamlakatda Global GAP, Halal va Organic standartlari talablariga muvofiq meva-sabzavot yetishtiruvchi mahalliy korxonalarni sertifikatlash bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Hozirgi vaqtda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan eksportga yo‘naltirilgan meva-sabzavot mahsulotlarining turlari, hajmi, summasi va yetishtirish hududlari kesimi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, eksport jarayonining barcha bosqichlarini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar axborot portali ishlab chiqiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2018, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют