» » O‘zbekiston harbiy kadrlarni tayyorlash masalasida Xitoy bilan hamkorlikni kuchaytiradi

O‘zbekiston harbiy kadrlarni tayyorlash masalasida Xitoy bilan hamkorlikni kuchaytiradi


22—26-oktabr kunlari O‘zbekiston mudofaa vazirining o‘rinbosari polkovnik Azizbek Ikromov boshchiligidagi harbiy delegatsiyasi Xitoyda rasmiy tashrif bilan bo‘ldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Tashrif davomida Azizbek Ikromov Xitoy Milliy mudofaa universiteti rahbariyati bilan uchrashib, ikki mamlakat oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib oldi. Mazkur hamkorlik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, shuningdek, o‘zaro tajriba almashish kabi masalalarda sezilarli darajada oldinga siljishni ta’minlab berishi kutilmoqda.

Bundan tashqari o‘zbekistonlik harbiylar Pekin shahridagi Harbiy havo kuchlari akademiyasi hamda Milliy mudofaa institutida ham bo‘ldi. Xitoy oliy harbiy ta’lim muassasalari boshliqlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda ikki mamlakat tinglovchilarini masofadan turib o‘qitish va oliy harbiy ta’lim muassasalar o‘qituvchilarining ikki davlatga tashrifi davomida seminar-trening mashg‘ulotlarini olib borishi bo‘yicha memorandum imzolashga kelishib olindi.

So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi bir qator xorij mamlakatlarining oliy harbiy ta’lim dargohlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha sezilarli amaliy ishlarni olib bormoqda. Xususan, oktabr oyining o‘zida Germaniya hamda Pokiston davlatlarining oliy harbiy bilim yurtlarining professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida bo‘lib, hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan maqsadli rejalarni belgilab olishgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-10-2018, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 111) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют