» » Toshkentda MIB musodara qilgan avtomobil va xonadonni arzon narxda olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Toshkentda MIB musodara qilgan avtomobil va xonadonni arzon narxda olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi


Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani IIBga 26-oktabr kuni yirik miqdordagi firibgarlik holati yuzasidan hujjatlar kelib tushdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ularga ko‘ra, shu yil aprel oyidan 20-iyul kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanida yashovchi A.O. Yunusobod tumanida yashovchi B.B. va Toshkent viloyati, Qibray tumanida yashovchi K.R.ga MIB tomonidan musodara bo‘lgan Malibu va Captiva mashinalarini hamda Shota Rustavelli ko‘chasi joylashgan xonadonni onlayn birja orqali arzon narxdagi olib berishini aytadi.

Aldash yo‘li bilan ularning ishonchiga kirib, jami 57.150 AQSh dollarini olib, bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi.

Ko‘rilgan choralar natijasida A.O. qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-10-2018, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 126) ( 0) ( 125) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют