» » Xalqaro mehnat tashkiloti: Majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan hukumat amaldoriga chora ko‘rilishi kerak

Xalqaro mehnat tashkiloti: Majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan hukumat amaldoriga chora ko‘rilishi kerak


Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) loyiha bosh texnik maslahatchisi Yonas Astrup O‘zbekistonda majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan hukumat amaldori jazolanishi kerakligini aytdi. Bu haqda “Turon 24” ma’lum qildi.

29-oktabr kuni bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Yonas Astrup ham ishtirok etgan va ma’ruza qilgan.

“Xalqaro mehnat tashkiloti O‘zbekiston prezidentining majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha farmonini olqishlaydi. O‘ylaymizki, O‘zbekiston fuqarolari bunday vaziyatlarga toqat qilishmaydi va hech kim qonundan ustun emasligini tushunib yetishadi.

XMT O‘zbekiston hukumatining majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bilan birga, majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan hukumat darajasidagi amaldorga chora ko‘rilishi xalqaro hamjamiyat uchun kuchli va aniq mujdadir. Menga ishoning, xalqaro hamjamiyat O‘zbekistonda ro‘y berayotgan hodisalarga bittagina holatga qarab yoki bir yoqlama xulosa chiqarmaydi, balki hukumat bunga qanday munosabatda bo‘lganiga e’tibor qaratadi.

Hozirgi vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilingani o‘ta muhimdir. Buning uchun O‘zbekiston hukumati va rahbariyatiga minnatdorligimni bildiraman”, — degan XMT vakili.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2018, 09:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют