» » Yuliya Timoshenko Qrim boy berilgani uchun Rossiyadan 100 mlrd yevro talab qilishini bildirdi

Yuliya Timoshenko Qrim boy berilgani uchun Rossiyadan 100 mlrd yevro talab qilishini bildirdi


“Batkivshina” partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko Ukraina prezidentligiga saylovlarda g‘olib chiqqan taqdirda Kremldan Qrim, Donesk va Lugansk viloyatlari boy berilgani tufayli ko‘rilgan zararni qoplashga erishishini bildirdi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda.

“Agar barcha jabrdiydaliklar agressor-davlatga qarshi da’vo qo‘zg‘asa, ularning umumiy summasi 100 milliard yevrodan oshadi. Bu ukrainaliklarning tinch hayotiga rahna solingani uchun o‘ziga xos to‘lov”, — dedi Ukrainaning sobiq bosh vaziri.

Prezidentlikka da’vogarlar reytingida yetakchilik qilayotgan siyosatchi “Rossiya tomonidan yetkazilgan zarar”ni batafsil inventarizatsiyadan o‘tkazishi va “Kremlni Ukrainaga qarshi tajovuz uchun tovon to‘lash”ga majbur etishini ta’kidlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2018, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют