» » ZTE kompaniyasi ikkita displeyli smartfon ishlab chiqardi

ZTE kompaniyasi ikkita displeyli smartfon ishlab chiqardi


Xitoyninig ZTE kompaniyasi ikkita displey bilan jihozlangan noodatiy nubia X smartfonini ishlab chiqardi. Qurilmaning qo‘shimcha displeyi uning orqa panelida joylashgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Smartfonning asosiy displeyi 6,26 dyuymli diagonalga ega. Biroz kichik bo‘lgan ikkinchi displey 5,1 dyuymli.

Selfi olish uchun kamera mavjud emas. Buning uchun asosiy kamera va qo‘shimcha ekrandan foydalaniladi.

Ikkita modulli asosiy kamera 16 va 24 megapikselli. Qurilmaga Snapdragon 845 protsessori o‘rnatilgan. Tezkor xotiraning hajmi olti va sakkiz gigabaytga, doimiy xotiraning hajmi esa 64 va 256 gigabaytga teng. Batareyaning sig‘imi 3800 milliamper/soatni tashkil qiladi.

Smartfonning narxi 473 dollarga teng.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2018, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют