» » Turkiya harbiy mutaxassislari O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Turkiya harbiy mutaxassislari O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida mashg‘ulotlar o‘tkazadi


Turkiya Mudofaa vazirligi Xalqaro harbiy hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i general-mayor Umit Yildiz boshchiligidagi harbiy delegatsiya O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasiga tashrif buyurdi. Delegatsiyaga Turkiya elchixonasining O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan harbiy attashesi polkovnik Mustafa Balog‘lu hamrohlik qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Tashrif davomida harbiy hamkorlik borasidagi bir qator masalalar muhokama qilindi, jumladan, Turkiya tomoni o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilarning malakasini oshirishga xizmat qiladigan bir qator o‘quv markazlari hamda oliy harbiy ta’lim muassasalari ro‘yxatini taqdim etib, hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi. Xususan, taqdim etilgan ro‘yxat orasida NATO tomonidan sertifikatlangan Anqara shahridagi Terrorizmga qarshi kurashish markazi hamda “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” dasturi markazi ham mavjud.

Shuningdek, Turkiya harbiy delegatsiyasi turk mutaxassislarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida uzoq muddatli seminar-trening mashg‘ulotlarga jalb qilish amaliyotini ham qo‘llab-quvvatladi. Ular O‘zbekistonga harbiy xizmatchilarga turk tilidan dars beradigan o‘qituvchilarni ham yuborishga tayyorga ekanliklarini bildirdi.

Bundan tashqari ikki mamlakat oliy harbiy bilim yurtlari o‘rtasida 2020-yildan masofadan turib dars o‘tish amaliyotini joriy etishni muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2018, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют