» » Rustam Xolmatov Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi. Islom Karimov uni 2013-yili qattiq tanqid qilib, Toshkent viloyati hokimi lavozimidan olgandi

Rustam Xolmatov Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi. Islom Karimov uni 2013-yili qattiq tanqid qilib, Toshkent viloyati hokimi lavozimidan olgandi


Rustam Qurbonnazarovich Xolmatov Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda, o‘z manbasiga asoslanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.

U Oqqo‘rg‘on va Bekoboddagi voqealar ortidan ishdan bo‘shagan viloyat hokimi o‘rinbosari o‘rnini egalladi. Xolmatov bungacha Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Rustam Xolmatov 1961-yilda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. U Toshkent xalq xo‘jaligi instituti (hozirgi — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti)ni iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan.

U 1995-yildan 2003-yilgacha Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, keyinroq Chinoz va Quyi Chirchiq tumanlari hokimi bo‘lib ishlagan. 2008-yildan 2013-yilgacha esa Toshkent viloyati hokimi bo‘lgan.

2013-yilning aprelida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov Rustam Xolmatovni o‘z qo‘li ostidagilarga zug‘um o‘tkazishda va korrupsion jinoyatlarda ayblab, ishdan olgandi.

“U 2017-yilning aprelida Jizzax viloyati hokimiga o‘rinbosar sifatida davlat ishiga qaytgandi”, — deb yozadi “Kun.uz”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2018, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют