» » O‘zbekistonda 2018-yil yakunlari bo‘yicha mahalliy budjetlar ixtiyorida 5,5 trln so‘m qolishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 2018-yil yakunlari bo‘yicha mahalliy budjetlar ixtiyorida 5,5 trln so‘m qolishi kutilmoqda


O‘zbekistonda 2018-yil yakunlariga ko‘ra davlat budjeti daromadlarining kutilayotgan ijrosi 74,5 trillion so‘mni tashkil qiladi, tasdiqlangan parametrlar 12,3 trillion so‘mga ortig‘i bilan bajariladi. Bu haqda Moliya vazirligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Mahalliy budjetlar ixtiyorida 5,5 trillion so‘m ortiqcha mablag‘ qoldirilishi kutilmoqda. Taqqoslash uchun, 2017-yilda hududlar ixtiyorida 960,2 milliard so‘m, 2016-yilda esa atigi 176,8 milliard so‘m qolgan edi.

Masalan, Andijon viloyatida 2017-yilda 61,2 milliard so‘m qoldirilgan bo‘lsa, 2018-yil yakunlariga ko‘ra bu ko‘rsatkich 279,6 milliard so‘mga yetadi.

Shunga o‘xshash, mazkur ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida 30,0 milliard so‘mdan 171,0 milliard so‘mgacha, Xorazm viloyatida 41,3 milliard so‘mdan 195,4 milliard so‘mgacha oshadi.

Tuman va shaharlar misolida ko‘riladigan bo‘lsa, aytaylik, Oqqo‘rg‘on tumani ixtiyorida 2017-yil yakunlari bo‘yicha atigi 449 million so‘m qoldirilgan. Bu mablag‘ga 3 200 metr ko‘chani asfalt qilsa yoki 4 dona ichimlik suvi nasosini o‘rnatsa bo‘ladi, xolos. 2018-yilda esa bu tuman ixtiyorida 3,0 milliard so‘m qolishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-11-2018, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют