» » Rustam Sa’dullayev “Listopad” XXV xalqaro kinofestivalida Belarus prezidentining maxsus unvoni bilan taqdirlandi

Rustam Sa’dullayev “Listopad” XXV xalqaro kinofestivalida Belarus prezidentining maxsus unvoni bilan taqdirlandi


Belarus poytaxti Minsk shahrida an’anaviy “Listopad” XXV xalqaro kinofestivali ish boshladi. Unda o‘zbekistonlik aktyor Rustam Sa’dullayev Belarus prezidentining maxsus “Kino san’atida milliy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishdagi xizmatlari uchun” unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda Turon24 xabar bermoqda.

Rustam Sa’dullayev va Rossiya xalq artisti Svetlana Nemolyayeva festivalning faxriy mehmonlari sifatida ishtirok etdi.

Chorak asrdan buyon o‘tkazib kelinayotgan “Listopad” kinofestivalida bu yil 50 ta mamlakatdan 170 ta kinokartina taqdim etildi. Ular orasida Yevropa davlatlaridan tashqari Janubiy Afrika va Keniya filmlari ham qatnashmoqda. Festivalga jahon premyeralari, hujjatli filmlar, havaskor filmlar taqdim etildi.

Festival ochilishi marosimi Minskdagi eng muhtasham “Moskva” kinoteatrida o‘tkazildi. Festivalda, shuningdek, modalar namoyishi ham taqdim etildi. Filmlar taqdimotini polshalik rejissor Pavel Pavlikovskiyning “Sovuq urush” kartinasi ochib berdi.

Faxriy mehmonlar qatorida ishtirok etgan, “Ishdagi ishq” filmi bosh qahramoni aktrisa Svetlana Nemolayeva festival tashkilotchilariga minnatdorlik bildirdi. “Meni “Listopad” bilan aynan “Ish bilan bog‘liq ishq” bog‘lab kelmoqda”, — dedi u.

“G‘oliblarni aniqlash uchun ancha mehnat qilishimizga to‘g‘ri keladi. Chunki bu yerda ko‘plab xalqaro kinofestivallar ishtirokchilarining filmlari ham taqdim etilmoqda. Shuning uchun men “Listopad”ni festivallar festivali deb hisoblayman”, — deya qayd etgan havaskor filmlar hay’ati raisi Yusuf Roziqov.

Ma’lumot uchun: Festival marhum rejissor Kira Muratova xotirasiga bag‘ishlab “Oq dunyoni anglay borib” shiori ostida tashkillashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, “Listopad” Gran-prisi sohibi nomi kelayotgan haftada e’lon qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2018, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 131) ( 0) ( 128) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют