» » Scorpion filmi Toshkentdagi PROlogue Xalqaro kinofestivalining asosiy premyerasi bo‘lishi kutilmoqda

Scorpion filmi Toshkentdagi PROlogue Xalqaro kinofestivalining asosiy premyerasi bo‘lishi kutilmoqda


Rejissor Muxlisa Azizovaning Scorpion filmi joriy yilning noyabr oyida Toshkentda tashkil etiladigan PROlogue Xalqaro kinofestivalining asosiy premyerasi bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Kartina dekabr oyida katta ekranlarga chiqadi. Triller Toshkent, Buxoro, Sankt-Peterburg va Marokashda suratga olingan. Film O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” MA, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan taqdim etilmoqda.

Yoshlar o‘rtasida xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashishga da’vat etuvchi filmda Farhod Mahmudov, Karim Mirhodiyev, Yulduz Rajabova, Ra’no Shodiyeva kabi taniqli aktyorlar ishtirok etdi. Shuningdek, rollarda mashhur turkiyalik aktyor Murat Yildirim va rossiyalik aktyor Vyacheslav Razbegayev ishtirok etdi.

Film ssenariy muallifi Bob Andervud (AQSh), kartina operatori Maks Sui (Germaniya). Ovoz ustida ishlash jarayoni “Mosfilm” kinokonserni mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi. Rang-tasvir esa Moskvaning Color Kitchen kompaniyasi hamkorligida olib borildi. Filmning ovoz dizayni ustida amerikalik ovoz rejissori Geri Burjua ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2018, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 33) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют