» » Iroqda IShIDning qurbonlari dafn etilgan 202 ta ommaviy qabr topildi

Iroqda IShIDning qurbonlari dafn etilgan 202 ta ommaviy qabr topildi


Iroqda IShID terrorchilik guruhining qurbonlari dafn etilgan 202 ta ommaviy qabr topildi. Ularda minglab kishilarning qoldiqlari aniqlangan. Bu haqda BMT hisobotiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Qabrlar avval IShiD tomonidan nazorat qilingan hududlarda aniqlangan. Topilgan jasadlar orasida Iroq qurolli kuchlarining harbiylari, politsiya xodimlari, shuningdek, tinch aholi vakillari mavjud.

Taxmin qilinishicha, barcha topilgan jasadlar IShID tomonidan 2014-yilning iyun—dekabr oylarida nazorat qilingan hududlarda o‘ldirilgan kishilar hisoblanadi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2018, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 102) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют