» » Mosul yaqinida IShIDning 500 nafar qurboni ko‘milgan ommaviy qabr topildi

Mosul yaqinida IShIDning 500 nafar qurboni ko‘milgan ommaviy qabr topildi


Iroq ko‘ngillilari Mosul shahri yaqinidagi Badush qamoqxonasida IShID jangarilari tomonidan o‘ldirilgan yuzlab kishilarning jasadi ko‘milgan ommaviy qabrni aniqladi. Bu haqda AFP’ga tayanib, “Kommersant” xabar bermoqda.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, qamoqxona IShID tomonidan 2014-yilda egallab olingach, jami 600 ga yaqin kishi o‘ldirilgan.

Ko‘ngillilar topilgan qabrda qariyb 500 nafar mahbus jasadi borligini taxmin qilmoqda. Ushbu raqam hozircha boshqa hech kim tomonidan tasdiqlanmadi.

Avvalroq Bag‘dod—Mosul yo‘li yaqinidagi sahroda ham ommaviy qabr topilgan edi. 4000 jasad borligi aniqlangan mazkur qabr The Telegraph nashri tomonidan Iroqdagi eng katta ommaviy qabr deb atalgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (12-03-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 113) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют