» » Sirdaryoda noyabr oyida 8 kishi tabiiy va is gazidan zaharlanib, 1 nafari tan jarohati olgan

Sirdaryoda noyabr oyida 8 kishi tabiiy va is gazidan zaharlanib, 1 nafari tan jarohati olgan


Sirdaryo viloyatida joriy yilning 5-noyabr kuni “Viloyat aholisi tomonidan kuz-qish mavsumida gaz va boshqa muqobil energiya manbalaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash chora-tadbirlari“ mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Unda Sirdaryo viloyat hokimligi, viloyat Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi, “O‘zbekenergo“ aksidorlik jamiyati, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, viloyat gaz ta’minoti hamda uning hududiy filiallari ishtirok etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, so‘nggi kunlarda ob-havo haroratining keskin pasayib ketishi natijasida viloyat aholisi gaz va boshqa yonilg‘i turlariga mo‘ljallangan isitish vositalaridan xavfsizlik talablariga rioya etmagan holda foydalanmoqda. Bu esa o‘z navbatida ularning tabiiy va is gazidan jabrlanishlariga sabab bo‘lmoqda.

Bu bo‘yicha keltirib o‘tilgan ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat hududida 2018-yilning 10 oyi davomida sodir bo‘lgan yong‘inlar soni 298 tani tashkil etib, bu 2017-yilga nisbatan (315 ta) 5,4 foizga kamaygan. Yong‘in oqibatida insonlarning halok bo‘lish holati esa 4 tani tashkil etib, 2017-yilga (14 ta) nisbatan 7,1 foizga (1 taga) ko‘paygan. Oktabr oyida 38 ta yong‘in holati qayd etilgan.

2018-yilning 2-noyabr kuni Guliston shahar hamda Boyovut tumanida yashovchi fuqarolar xonadonlaridagi gaz pechidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, viloyat shoshilinch tez tibbiy yordam filialining toksikologiya bo‘limiga yotqizilgan.

4-noyabr kuni Yangiyer shahar, T.Malik mahallasida yashovchi fuqaro uyidagi gazga moslashtirilgan isitish pechining nosozligi sabab sizib chiqqan gazdan zaharlanib, shahar Tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Jumladan, 1-noyabrning 5-sanasiga qadar 4 ta holatda 8 nafar insonlar tabiiy va is gazidan zaharlanib, 1 nafari tan jarohati olgan.

Noyabr oyining yana shu sanasida viloyatning Baxt shahrida yashovchi fuqaro o‘z uyi hammomiga kirib, elektr chirog‘ini yoqqan. Bu vaqtda esa xavfsizlik talablariga zid ravishda o‘rnatilgan gaz ballon shlangidan sizib chiqqan gaz va havo aralashmasidan o‘t chaqnagan. Natijada uy egasi 80 % darajada kuyish tan jarohati olib, tuman Tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Yuqoridagi holatlarning kelib chiqish sabablari to‘liq o‘rganilganda, aksariyat gaz va havo aralashmasining chaqnashi, insonlar tomonidan gazdan chala yoniq turgan holatda foydalanishlari va xavfsizlik qoidalariga amal qilmasliklari natijasida kelib chiqqanligi ma’lum bo‘lgan.

Ular orasida tabiiy gaz va muqobil yoqilg‘i turlaridan foydalanishda texnik yoki yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilmayotganligi, tabiiy gaz tarmog‘iga noto‘g‘ri ulanish, uydagi gaz plitalari orqali isinish, xonadon ichida ochiq olovdan foydalanish, dudburonlarning nosozligi yoki umuman yo‘qligi holatlari ham asosiy o‘rinni egallamoqda.

Ushbu tafsilotlar bayon etilgach, viloyat hokimi o‘rinbosari J.Ibrohimov “O‘tkazilib kelinayotgan targ‘ibot va tashviqot ishlariga qaramay, yong‘in va is gazidan insonlarning zarar ko‘rayotganligi holatlari tez-tez sodir bo‘layotganligi, bu esa viloyat va tumanlarda mavzu doirasida hali hech qanday ish qilinmayotganligini bildirishini“ni aytib, yig‘ilish qatnashchilarini tanqid qildi.

Shu bilan bir qatorda viloyat gaz ta’minoti hamda uning hududiy filiallari xodimlariga yong‘inni oldini olish va gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga to‘g‘ri amal qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish, uyma-uy har bir xonadonga tashrif buyurib, aholining gaz va isitish pechlaridan foydalanish holatlari bilan tanishish, ularning xavfsizligi bo‘yicha kerakli choralarni tezkor ravishda qo‘llash vazifalari yuklandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-11-2018, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют