» » Kamerunda 79 nafar maktab o‘quvchisi o‘g‘irlab ketildi (video)

Kamerunda 79 nafar maktab o‘quvchisi o‘g‘irlab ketildi (video)


5-noyabrning Kamerundagi Bamenda shahri yaqinidagi qishloqda joylashgan maktabning 79 nafar o‘quvchisi, shuningdek maktab direktori, o‘qituvchisi va haydovchisi o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Qurollangan shaxslar maktab-internat yotoqxonasidan o‘quvchilarni chiqarib, ularning bir qismini noma’lum manzilga olib ketgan. Jinoyatchilar changalidan qutilib qolgan o‘quvchilardan birining so‘zlab berishicha, ayrim o‘quvchilarni kaltaklashgan.

Bamenda — Kamerundagi ma’muriy birlik bo‘lib, bu yerda ingliz tilida so‘zlashuvchi aholi istiqomat qiladi.

Ingliz tilida so‘zlashuvchi tumanlarda qurollangan separativ guruhlar faoliyat yuritadi. Kamerun hukumati bolalarni aynan separativ guruhlar o‘g‘irlaganini aytmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarini separativ guruhlardan birining a’zolari ekanligini aytayotgan kishilar bolalarni o‘z ismlari va ota-onalarining ismlarini aytishga majburlayotgani aks ettirilgan video tarqaldi. Unda bolalar o‘zlarining o‘g‘irlab ketilganini, biroq hozirda qayerda ekanligini bilmasligini aytgan. O‘g‘irlangan ayrim bolalarning ota-onalari videoda farzandlari aks etganini tasdiqlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-11-2018, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют