» » Samsung buklanuvchi ekranli smartfonni namoyish qildi

Samsung buklanuvchi ekranli smartfonni namoyish qildi


Samsung kompaniyasi ikkiga buklash mumkin bo‘lgan smartfon prototipini namoyish qildi, deb yozadi Spot.

Kompaniya egiluvchan displey texnologiyasini Infinity Flex deb atadi, buklangan holatda ekran diagonali 7,3 dyuymni tashkil etadi. Samsung egiluvchan displeylarni yalpi ishlab chiqarishni “yaqin oylarda” boshlamoqchi.

Taqdimotda Samsung vakili nomi oshkor qilinmagan smartfonni niqoblangan dizayn ostida ko‘rsatdi. U qurilma qachon chiqarilishiga aniqlik kiritmadi, faqat bu “tez orada” amalga oshishini aytdi.

Google’ning Android ishlanmasi bo‘yicha vitse-prezidenti Deyv Berkning ma’lum qilishicha, egiluvchan ekranli Samsung qurilmalari 2019-yildayoq chiqadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-11-2018, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют