» » Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy gospitallarga xorijdan ko‘plab zamonaviy uskunalar xarid qilindi

Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy gospitallarga xorijdan ko‘plab zamonaviy uskunalar xarid qilindi


Harbiy-tibbiyot muassasalarining infratuzilmasini yanada rivojlantirish va moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Mudofaa vazirligi tomonidan xorijdan tibbiy uskunalar olib kelindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining harbiy-ma’muriy sektori tomonidan ushbu yo‘nalishda 3 mlrd so‘m ajratilib, Nukus harbiy gospitali hududida yuqumli kasalliklar bo‘linmasi va boshqarmasi yangidan barpo etilib, barcha jihozlar bilan ta’minlandi.

Markaziy harbiy okrugida esa Mudofaa vazirligi mablag‘lari hisobidan Forish tog‘ dala o‘quv maydonida joylashgan harbiy qism tibbiyot punkti yangidan qurildi va zarur tibbiy jihozlar bilan ta’minlandi. Sharqiy harbiy okrugidagi harbiy qism tibbiyot punkti Namangan viloyati harbiy-ma’muriy sektor tomonidan ta’mirlandi.

Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qism tibbiyot punktida joriy ta’mirlash ishlari o‘tkazildi. Markaziy harbiy klinik gospitali hududida zamonaviy ko‘p tarmoqli klinika qurilishi boshlandi. Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi harbiy qism tibbiyot punkti Qashqadaryo viloyati harbiy-ma’muriy sektori tomonidan to‘liq kapital ta’mirlandi va jihozlandi.

“Xorijdan xarid qilingan tibbiyot uskunalari orasida zamonaviy videoendoskop jamlanmasi Markaziy harbiy klinik gospitaliga o‘rnatililgan bo‘lsa, 3 komplekt kichik dozali raqamli flyuorograf, rentgenloskopiya va rengenografiya apparatlari Markaziy harbiy klinik gospitali hamda Termiz va Farg‘ona harbiy gospitallariga o‘rnatildi. 2 dona ultratovush diagnostik apparati esa endilikda Qarshi va Nukus harbiy gospitallarida bemorlarda kasalliklarning erta tashhislash yo‘lida xizmat qilyapti”, – deydi Mudofaa vazirligi Tibbiy ta’minot boshqarmasi boshlig‘i Nosirjon Fozilov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-11-2018, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют