» » Rossiyadagi 170 nafar o‘zbekistonlik vataniga qaytariladi

Rossiyadagi 170 nafar o‘zbekistonlik vataniga qaytariladi


Moskvadagi Saxarovo qishlog‘ida joylashgan Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazi (XFVSM)dagi o‘zbekistonliklar O‘zbekiston mehnat migrantlari jamg‘armasi hisobidan vataniga qaytariladi. Bu haqda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga tayanib, Turon24 xabar bermoqda.

Rossiyaga tashrif uyushtirgan vazirlik vakillari 2018-yil 31-oktabr kuni XFVSMga ham borgan. U yerda ayni paytda O‘zbekistonning 170 fuqarosi saqlanmoqda.

“O‘zbekiston delegatsiyasi XFVSMjagi O‘zbekiston fuqarolari bilan suhbatlashdi, u yerdagi sharoitlar bilan tanishdi. Bir qator hujjatli ishlar yakunlangach, ular jamg‘arma hisobidan O‘zbekistonga qaytarilishini aytdik”, — deyiladi xabarda.

Saxarovo ma’muriyati hujjatlashtirish ishlarini tezlashtirib, fuqarolar uchun vatanga qaytarish haqidagi sertifikatni rasmiylashtirishni so‘ragan. Ushbu sertifikat pasporti yo‘q fuqarolarga beriladi va bu uchun ulardan hech qanday mablag‘ talab etilmaydi.

Mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlovchi jamg‘arma O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi qarori bilan tuzilgan edi. Jamg‘arma Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida bo‘lib, barcha soliqlar va boshqa to‘lovlardan ozod etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2018, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют