» » O‘zbekiston xalqaro savdo-sotiq qulayligi bo‘yicha 165-o‘rinda joylashishiga nimalar sabab bo‘ldi?

O‘zbekiston xalqaro savdo-sotiq qulayligi bo‘yicha 165-o‘rinda joylashishiga nimalar sabab bo‘ldi?


O‘zbekiston Jahon bankining Doing Business biznes yuritish sharoitlari reytingida “Xalqaro savdo-sotiq” ko‘rsatkichi bo‘yicha 190 ta o‘rindan 165-sini egalladi, deb yozadi Spot. 2017-yildan buyon 5,48 ballga o‘sish kuzatildi. Jahon banki mutaxassislari buni biznes uchun sharoitlarni yengillashtirgan islohot bilan izohlamoqda.

Yaxshilanishga qaramay, O‘zbekiston hamon autsayderlar qatorida qolmoqda. Masalan, eksport (chegara va bojxona nazorati)ga 112 soat ketadi. Taqqoslash uchun, Yevropa va Markaziy Osiyoda o‘rtacha ko‘rsatkich 22,1 soat, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti mamlakatlarida — 12,5 soat ketadi. Eksport qiymati (chegara va bojxona nazorati) 278 dollarni tashkil etadi, butun mintaqada esa bu 157,5 dollar, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti mamlakatlarida esa 139,1 dollarga teng.

Barcha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun 96 soat talab etiladi, Yevrosiyoda bu uch marta kamroq — 24,3 soat, rivojlangan mamlakatlarda esa — 2,4 soat. Hujjatlarni rasmiylashtirish narxi — 292 dollar (mintaqada — 97,9 dollar, rivojlangan mamlakatlarda — 35 dollar).

Import uchun vaqt ham eksportniki bilan deyarli bir xil — 111 soat. Yaqin qo‘shnilarda bu 21,1 soat, rivojlangan mamlakatlarda — 8,5 soatga teng. Import narxi — 278 dollar, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun sarflanadigan vaqt — 174 soat, hujjatlarni rasmiylashtirish narxi — 292 dollar.

O‘zbekiston 100 balldan 49,79 ball to‘pladi, bu Moldova (92,32), Qirg‘iziston (80,74), Rossiya (71,06) va Qozog‘iston (70,36)nikidan kamdir.

Eslatib o‘tamiz, Jahon banki tomonidan 31-oktabr kuni e’lon qilingan Doing Business reytingida O‘zbekiston ikki pog‘ona pastlab, 76-o‘rinni egallagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2018, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 41) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют