» » Turistlar uchun eng xavfsiz deb topilgan mamlakatlar nomi e’lon qilindi

Turistlar uchun eng xavfsiz deb topilgan mamlakatlar nomi e’lon qilindi


Britaniyaning Which iste’molchilar uyushmasi sayohat uchun eng xavfsiz mamlakatlar reytingini e’lon qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Ekspertlar eng ommabop 20 ta sayyohlik yo‘nalishini to‘rt ko‘rsatkich — jinoyatchilik darajasi, salomatlikka tahdidlar, teraktlar ehtimoli va tabiiy ofatlar ehtimoli bo‘yicha baholab chiqqan.

Hisob-kitoblar natijasida Islandiya sayyohlar uchun jahondagi eng xavfsiz mamlakat, deb topilgan. Kuchli uchlikdan, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklar va Singapur ham joy olgan.

Turkiya, Janubiy Afrika va Tailand esa sayohat uchun maqbul bo‘lmagan yo‘nalishlar sifatida tan olingan. Bu mamlakatlarda yo jinoyatchilik darajasi yuqori, yoki bo‘lmasa xavfli kasalliklarni yuqtirib olish mumkin.

Which’ning qayd etishicha, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning ayrim mamlakatlari ba’zi ko‘rsatkichlar bo‘yicha G‘arb davlatlaridan ko‘ra xavfsizroq bo‘lib chiqqan. Masalan, Iordaniyada jinoyatchilik darajasi Italiya, Fransiya yoki AQShdagidan ko‘ra past.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-11-2018, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют