» » Isroil Madrimov endi professional boksda jang qiladi, uning 1-raqibi ma’lum

Isroil Madrimov endi professional boksda jang qiladi, uning 1-raqibi ma’lum


Boks bo‘yicha Osiyo o‘yinlari va Osiyo chempionati g‘olibi Isroil Madrimov endi faoliyatini professional boksda davom ettiradi. Bu haqda sportchi o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Madrimov Rossiyaning “Mir Boksa” promouterlik kompaniyasi bilan kelishuvga erishgan.

“Hurmatli do‘stlar, men faoliyatimda muhim qadam tashlaganimni va professional boksga o‘tishimni mamnuniyat bilan e’lon qilmoqdaman. Bu borada ko‘plab takliflar oldim va prof boksda o‘z kelajagimni ishonishim mumkin bo‘lgan “Mir Boksa” tashkiloti bilan hamkorlik qilishga qaror qildim. Bunday imkoniyatga ega bo‘lganimdan juda xursandman va bundan minnatdorman”, – deb yozadi Madrimov.

Isroil professional boksdagi debyut jangini 24-noyabr kuni Atlantik-Siti shahrida o‘tkazadi. O‘sha kuni unga Viktor Ernandes raqiblik qiladi. Ernandes shu kunga qadar professional boksda 12 ta jang o‘tkazib, ularning 10 tasida g‘alaba qozongan (6 ta jangda nokaut evaziga). 2 marta mag‘lubiyatga uchragan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-11-2018, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют