» » Misrda mumiyolangan hayvonlar qabrlari topildi

Misrda mumiyolangan hayvonlar qabrlari topildi


Misrning Qohira shahri yaqinidagi Sakkara nekropoli hududida ishlayotgan arxeologik missiya Qadimgi Misr davriga oid bir nechta qabrni topdi, ularda mumiyolangan hayvonlar bo‘lgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Xabar berilishicha, Sakkarada Yangi qirollik davriga oid uchta qabr (miloddan avvalgi 1570—1070-yillar) va Qadimgi qirollik davriga oid to‘rtta qabr (miloddan avvalgi 2780—2263-yillar) topilgan. Yangi qirollik davriga oid qabrlar mumiyolangan mushuklarni dafn qilish uchun foydalanilgan. Qabrlarga haramda xizmatda bo‘lgan mushuklar dafn qilingan. Jami bir necha yuzta mumiyolangan hayvon tanasi topilgan. Bundan tashqari alohida sag‘anada yuzlab mumiyolangan qo‘ng‘izlar, kobralar, timsohlar va sher topilgan.

Topilgan artefaktlarni Sakkara hududida joylashgan muzeyda 15-noyabrdan boshlab tomosha qilish mumkin. Yangi topilmalar ko‘rgazmasi bir oy davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-11-2018, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют