» » Tramp: AQSh ma’muriyati birinchi oy davomida barcha rejalarini amalga oshirdi

Tramp: AQSh ma’muriyati birinchi oy davomida barcha rejalarini amalga oshirdi


AQSh ma’muriyati o‘z faoliyatining birinchi oyi davomida rejalarining deyarli barchasini amalga oshirdi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda mamlakat shtatlarining 46 nafar gubernatori yig‘ilgan tantanali kechki ovqatdagi chiqishida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“To‘rt haftadan so‘ng (prezidentlik lavozimini egallab turgan) shuni aytishim mumkinki, bu vaqt juda ko‘ngilli o‘tdi. Biz erishishni istagan deyarli barcha narsaga erishdik.

Prezident immigratsiya siyosatining kuchaytirilishini misol tariqasida keltirdi.  “Dunyoda katta muammolar mavjud, siz buni yaxshi bilasiz. Biroq ishlarning borishidan biz juda mamnunmiz. O‘tgan ikki yil ichida ko‘p va’dalar berdik va ulardan ko‘pini bajardik”, — dedi davlat rahbari.

U 27-fevral, dushanba kuni gubernatorlar bilan mamlakatning sog‘liqni saqlash tizimini muhokama qilishini aytib o‘tdi. Islohot haqida so‘z yuritar ekan, Tramp bu “juda, juda o‘ziga xos nimadir” bo‘lishini ta’kidladi.

Опубликовано: admin (27-02-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют