» » Tramp Yelisey saroyidagi qabulga oxirgi yetib keldi

Tramp Yelisey saroyidagi qabulga oxirgi yetib keldi


AQSh prezidenti Donald Tramp Triumfal arkidagi xotira tadbirlaridan so‘ng Yelisey saroyidagi qabulga oxirgi bo‘lib yetib keldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Dasturga ko‘ra, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron qarorgohidagi tushlik 13:15 da boshlanishi kerak edi, biroq Amerika yetakchisi kamida o‘n daqiqa ushlanib qolgan. Tramp barchaga “yoqimli tushlik” tilab, jurnalistlar savollariga javob qaytarishdan bosh tortgan.

Birinchi jahon urushi yakunlanganligining 100 yilligiga bag‘ishlangan qabulda Rossiya, AQSh va Fransiya prezidentlari, shuningdek Yevrokomissiya yetakchisi bir stol atrofida o‘tiradi.

Parijdagi xotira tadbirlariga 70 ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari, xalqaro tashkilotlar yig‘ildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-11-2018, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют