» » G‘allaorolda is gazidan zaharlangan fuqaro shifoxonaga yotqizildi

G‘allaorolda is gazidan zaharlangan fuqaro shifoxonaga yotqizildi


7-noyabr kuni soat 05:30 larda G‘allaorol tumani “Baxt” MFY Lalmikor ko‘chasi 28-uyda istiqomat qiluvchi, vaqtincha ishsiz 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro S.Sh. is gazidan zaharlanib tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, deb xabar beradi Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati.

Aniqlanishicha, uy egasi xonadonida oshxonada gaz plitani yoqilgan holatda qoldirib uyquga ketgan. Tungi vaqtda gaz sizib chiqishi oqibatida fuqaro is gazidan zaharlangan. Surishtiruv ishlari tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Oxirgi vaqtlarda ommaviy axborot vositalarida is gazidan zaharlanishga doir ko‘plab noxush holatlar uchramoqda. Ob-havoning keskin sovishi natijasida issiqlikka bo‘lgan talabni qondirish maqsadida fuqarolar tomonidan turli nosoz, nostandart isitish vositalaridan foydalanish yoki yong‘in xavsizligi qoidalariga rioya qilmaslik natijasida ana shunday ko‘ngilsiz holatlar ro‘y bermoqda.

“Chorshanba – yong‘inlar profilaktikasi kuni” tadbiri doirasida Jizzax viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqdi.

Shuningdek mahallada yashovchi fuqarolarga 424 dona eslatmalar tarqatilib, 21 ta ko‘p qavatli aholi yashash uylariga kirish yo‘laklariga jami 42 ta is gazidan zaharlanish va yong‘in sodir bo‘lishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rsatilgan eslatmalar o‘rnatildi. Hududda joylashgan 2 ta gaz taqsimlash va 1 ta elektr taqsimlash qutilarining holati mutaxassislar ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Aholi turar joylarida is gazidan zaharlanish va boshqa noxush holatlarni oldini olish borasida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida bir qator holatlarda yong‘in xavfsizligi qoidalarining qo‘pol ravishda buzilishi aniqlandi.

Jumladan, 3 ta holatda gaz plitasidan dudbo‘ronsiz, 2 ta holatda nosoz isitish pechidan foydalanish holati aniqlanib, kamchiliklar shu joyning o‘zida bartaraf etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2018, 12:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют