» » APL tarixida shu vaqtga qadar qayd etilmagan natija yuz berdi

APL tarixida shu vaqtga qadar qayd etilmagan natija yuz berdi


Futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasi 12-turidan so‘ng musobaqada mag‘lub bo‘lmagan uchta klub qoldi.

“Manchester Siti” 32 ochko ega bo‘lib turibdi. Jamoa 10 ta o‘yinda g‘alaba qozongan, 2 ta o‘yinda esa durang qayd etgan. “Shaharliklar” musobaqa jadvalida yaqqol peshqadamga aylanib oldi. Ikkinchi pog‘onada “Liverpul” hisobida 30 ochko mavjud. Yurgen Klopp shogirdlari 9 ta o‘yinda g‘alaba qozonib, 3 ta o‘yinda durang o‘ynagan. Uchinchi o‘rindagi “Chelsi” esa 28 ochkoga ega bo‘lib, Mauritsio Sarri shogirdlari 8 ta o‘yinda g‘alaba qozonib, 4 ta o‘yinda durang natijasini qayd etgan.

Shu tariqa APL tarixida birinchi marta uchta jamoa 12 turga kelib, 1 marta ham mag‘lub bo‘lmadi. Avvalroq bunday natija musobaqa tarixida qayd etilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2018, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют