» » “MYu” Joze Mourinyo bilan APL tarixida bir mavsumda eng kam g‘alabalarga erishdi

“MYu” Joze Mourinyo bilan APL tarixida bir mavsumda eng kam g‘alabalarga erishdi


Angliya chempionati 28-tur qoldirilgan o‘yinida “Manchester Yunayted” safarda “Sautgempton” mehmoni bo‘ldi. O‘yinda hisob ochilmadi va tomonlar nursiz durangga imzo chekdi.

Mazkur uchrashuv natijasidan qat’i nazar “MYu” mavsumni oltinchi o‘rinda yakunlashi aniq bo‘lib ulgurgandi. Biroq durang natija mankunianlarning APL tarixida bir mavsum davomida eng kam g‘alabalarga erishishiga xizmat qildi, deb yozadi “Sports.ru”.

“MYu” joriy mavsumda o‘tkazilgan 37 o‘yindan 17 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 15 tasida durang qayd etgan. Yana 5 o‘yinda Joze Mourinyo jamoasi mag‘lubiyatga uchragan.

“Qizil iblislar” so‘nggi turda “Kristal Pelas” ustidan g‘alaba qozonsa ham salbiy natijani o‘zgartira olmaydi. Shuningdek, “MYu” APL tashkil etilganidan buyon birinchi marta mavsumni 15 durang bilan yakunlamoqda. Ushbu mavsumda Joze Mourinyo jamoasi APL klublari orasida eng ko‘p durang qayd etgan klub bo‘ldi.

Mavzuga doir: Antonio Konte bir urinishda Joze Mourinyoning 12 yillik rekordini takrorladi

“Manchester Yunayted” Yevropa Ligasi finalida “Ayaks”ni yutsagina YChL yo‘llanmasiga ega bo‘ladi, aks holda jamoa kelasi mavsumni ham Yevropa Ligasida o‘tkazadi.

Angliya Premyer-ligasi
28-tur. Qoldirilgan o‘yin
17-may, chorshanba

Ogohlantirishlar: Romeu (10), Soaresh (37), Jons (51).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-05-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 103) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют