» » APLning so‘nggi turida ham g‘alaba qozongan “Manchester Siti” rekordlar qurshovida qoldi

APLning so‘nggi turida ham g‘alaba qozongan “Manchester Siti” rekordlar qurshovida qoldi


“Manchester Siti” APLning so‘nggi 38-turida “Sautgempton” ustidan qozonilgan g‘alabadan (1:0) so‘ng bir nechta rekordlar o‘rnatdi, deb xabar beradi “Sports.ru”.

Xosep Gvardiola shogirdlari APLning joriy mavsumida 100 ochko to‘pladi, 106 gol urdi, 27 ta gol o‘tkazdi. 32 o‘yinda g‘alaba, shulardan 16 tasi mehmonda, 2-o‘rindagi Joze Mourinyo boshliq “Manchester Yunayted”dan 19 ochko ilgarilab ketdi. Mazkur natijalarning barchasi APL uchun rekord ko‘rsatkich sifatida tarixdan joy oldi. Ma’lumot uchun “Manchester Siti” Angliyada muddatidan oldin chempionlikka erishgandi. “Shaharliklar” o‘z tarixida beshinchi marta Angliya chempioni bo‘ldi. Shundan 3 ta chempionlik oxirgi 6 yil ichida qo‘lga kiritildi.

Bir mavsumda eng ko‘p ochko yig‘ish bo‘yicha oldingi rekord “Chelsi”ga tegishli bo‘lgandi. Londonliklar 2004/05 yilgi mavsumda 95 ochko jamg‘argan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 01:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют