» » Quyi Chirchiqda yoshlar mehnat guzari ish boshladi

Quyi Chirchiqda yoshlar mehnat guzari ish boshladi


Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanining Uchchinor mahallasida “Yoshlar mehnat guzari”, maktabgacha ta’lim muassasasi, barkamol avlod markazi, savdo majmuasi kabi qator obyektlar foydalanishga topshirildi, deb yozadi O‘zA.

“Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida bunyod etilgan mazkur binolarning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Bosh prokuratura, Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi mas’ullari, tuman faollari, yoshlar ishtirok etdi.

Ma’lumki, yoshlarning faol biznes bilan shug‘ullanishi uchun zarur sharoit yaratish, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislik va biznes yuritish ko‘nikmalariga o‘qitish bo‘yicha dastlab poytaxtning Chilonzor tumani va Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi loyihasi ishlab chiqilgan edi.

Mazkur jarayonda 102 ming aholi, jumladan, 42 mingdan ziyod yoshlar istiqomat qiluvchi Quyi Chirchiq tumanida respublika ishchi guruhi tomonidan tuman yoshlari bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilib, ularning xohish va istaklari, qiziqishlari, muammolari o‘rganilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2018, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют