» » O‘zbekiston vakillari Xalqaro talabalar kinofestivalida ishtirok etadi

O‘zbekiston vakillari Xalqaro talabalar kinofestivalida ishtirok etadi


O‘zbekiston san’at va madaniyat instituti talabalari Butunrossiya davlat kinematografiya institutining “38-Xalqaro talabalar festivali”da ishtirok etish uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda “Turon 24” xabar bermoqda.

O‘zbek talabalari tomonidan suratga olingan 16 ta hujjatli film uch kun davomida institut talablari, o‘qituvchilari, magistrantlar va kinoijodkorlar tomonidan baholanib, xalqaro festivalga tavsiya etilgan.

Xalqaro kino festivali Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK) tomonidan tashkil etilgan. Tadbir 1961-yildan buyon o‘tkazilib kelinayotgan dunyodagi nufuzli talabalar kino tanlovlaridan biri hisoblanadi.

Bu yilgi talabalar festivali 12—16-noyabr kunlari Tomsk shahrida o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2018, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют