» » O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada mashina boshqarayotib uxlab qoldi, 5 kishi jabrlandi

O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada mashina boshqarayotib uxlab qoldi, 5 kishi jabrlandi


Rossiyaning Astraxan viloyati Narimanov tumanidagi trassada “Lada Largus” avtomobili ag‘darilib ketishi natijasida besh kishi jabrlandi, deb xabar beradi “Podrobno.uz”.

Mashinani 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi boshqargan, u yo‘ldan chetga chiqib ketib, yonma-yon yo‘nalishning chekkasiga borib urilgan, shundan keyin mashina ag‘darilib ketgan. Haydovchi rulni boshqarayotib uxlab qolgani aytilmoqda.

Avtohalokat natijasida haydovchi lat yedi. To‘rt yo‘lovchi ham shikastlandi: 42 yoshli ayolga bosh miya chayqalishi, ko‘krak qafasi lat shikastlanishi tashxisi qo‘yildi, shuningdek, umurtqaning bo‘yin bo‘limi singan bo‘lishi mumkin; 42 yoshli erkakning turli organlari shikastlandi; 43 yoshli erkakning burni bir nechta joyidan sindi; 58 yoshli ayolda esa bosh suyak-miya travmasi qayd etildi. Ularning barchasi kasalxonaga yetkazildi.

Hodisa yuzasidan ma’muriy tekshiruv olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2018, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют