» » Qashqadaryoda tibbiyot xodimlarining maoshi 1 mln so‘mga ham yetmasligi ma’lum bo‘ldi

Qashqadaryoda tibbiyot xodimlarining maoshi 1 mln so‘mga ham yetmasligi ma’lum bo‘ldi


2018-yilning 9 oyi sarhisob qilinganda Qashqadaryo viloyatida tibbiyot xodimlarining oyligi 1 million so‘mga ham yetmasligi aniqlandi. O‘qituvchilarning o‘rtacha oylik ish haqi esa 1 million 176 ming so‘mni tashkil qilgan. Bu haqda viloyat statistika boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar beradi Turon 24.

Joriy yilning sentabr oyida Qashqadaryo viloyatida o‘rtacha oylik ish haqi 1 million 522 ming 700 so‘m bo‘lgan.

G‘uzor tumanida o‘rtacha maosh 2 million 330 ming so‘mdan oshsa, Qarshi shahrida 1 million 676 ming so‘mga teng bo‘lgan. O‘ziga xos reytingning eng quyi pog‘onasidan Qarshi tumani joy olgan bo‘lib, tumandagilar o‘rtacha 1 milion so‘m haq evaziga mehnat qilgan.

2018 yilning yanvar—sentabr oylarida o‘rtacha oylik ish haqi tarmoqlar bo‘yicha hisoblanganda, uch tarmoq — sanoat (o‘rtacha 2 million 501 ming so‘m), moliya va sug‘urta faoliyati (2 million 452 ming so‘m), tashish va saqlash (2 million 208 ming so‘m) vakillari boshqalarga nisbatan eng ko‘p maosh oluvchilar sirasiga kirgan. Qolgan tarmoqlarda esa ishchi-xodimlarga beriladigan o‘rtacha oylik ish haqi 2 million so‘mga yetmagan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, qurilish sohasi mutaxassisi o‘rta hisobda har oyda 1 million 873 ming so‘m oylik olgan bo‘lsa, axborot va aloqa sohasi xodimi 1 million 705 ming so‘mga qanoat qilgan.

Qashqadaryo viloyati hududlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori miqdori Muborak tumanida kuzatildi. Mazkur tumanda ishchi-xodimlarga to‘langan maosh 2 million 501 ming so‘mni tashkil qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2018, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют