» » Turizm qo‘mitasi “O‘zbekiston havo yo‘llari”ni bir nechta raqobatdosh kompaniyalarga bo‘lishni taklif qildi

Turizm qo‘mitasi “O‘zbekiston havo yo‘llari”ni bir nechta raqobatdosh kompaniyalarga bo‘lishni taklif qildi


Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasini qayta tuzishni taklif etmoqda, deb yozadi Spot. Bu haqda 2025-yilgacha turizmni rivojlantirish konsepsiyasi loyihasida aytiladi.

Aviatashuvchini aviatsiya, aeroportlar boshqaruvi va aviatsiyani tartibga solish organini ajratib turuvchi bir nechta raqobatchi kompaniyalarga ajratish taklif qilinmoqda.

Milliy aviakompaniyaning raqobatbardoshligini, jumladan, servis, bortda turli tillardagi multimedia xizmatlar sifati va miqdorini yaxshilash, yanada moslashuvchan narx siyosati, onlayn bron qilish xizmatlaridan foydalanish va aviachiptalar sotib olishni kengaytirish yo‘li bilan oshirish rejalashtirilmoqda.

Hujjatda, shuningdek, respublikaning ayrim xalqaro aeroportlari hududida “Ochiq osmon” rejimini loukoster aviakompaniyalarni jalb etgan holda tatbiq etish yo‘li bilan mamlakat mintaqalariga/mintaqalaridan muntazam reyslarni amalga oshiradigan xorijiy aviakompaniyalar sonini ko‘paytirish nazarda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2018, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют