» » Toshkentda qurilayotgan Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2020-yilda ish boshlaydi

Toshkentda qurilayotgan Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2020-yilda ish boshlaydi


Toshkentda Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining qurilishi jadallik bilan olib borilmoqda. Ushbu majmua 2020-yilda foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, Janubiy Koreya iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik fondi (EDCF) bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ushbu loyihaning umumiy qiymati 130,5 million dollarni tashkil etadi.

Ayni paytda tibbiyot markazining qurilishi va jihozlanishi bilan bir qatorda, markazda ishlaydigan kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha ham qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Janubiy Koreyaning Yangsan Pusan milliy universiteti o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasiga muvofiq, 100 nafar o‘zbekistonlik mutaxassis malaka oshirishi rejalashtirilgan.

Nomzodlar malaka-mahorati, xorijiy tillarni bilishi, jahon tibbiyotining eng ilg‘or yangiliklarini o‘zlashtirish salohiyatiga qarab tanlov asosida saralab olinmoqda. Shifokorlarning dastlabki 19 nafari saralash jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tib, bir yil mobaynida Yangsan Pusan milliy universitetida tahsil oladigan bo‘ldi.

Safar oldidan ular bilan sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov uchrashib, bir yillik tahsilni muvaffaqiyatli yakunlab, malakali kadrlar bo‘lib yetishishlarida omad va muvaffaqiyat tiladi. “O‘z navbatida, yoshlar ham vaqtning har lahzasidan oqilona foydalanishga, o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlab, tibbiyotimizning ertangi taraqqiyotiga munosib ulush qo‘shishga va’da berdilar”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Bunyod etilayotgan markaz loyihasi Janubiy Koreya va jahon tibbiyoti andozalari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, binoning qurilish, xavfsizlik tizimi, isitish, sovutish tarmoqlari jahon standartlari talablariga javob beradi. Yangi tibbiyot muassasasi 280 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, klinikada kuniga 250 bemorni qabul qilish va yiliga 1500 dan ko‘proq murakkab operatsiyalar o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.

Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 381 nomdagi zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, shu jumladan, angiograf, kompyuter tamograf, yuqori texnologiyali raqamli rentgen va flyuoroskopik tizimi, mobil rentgen apparati, siklotron kabi innovatsion tibbiy jihozlar o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2018, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют