» » Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston Livanni yuta olmadi

Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston Livanni yuta olmadi


15-noyabr, payshanba kuni Avstraliyaning Brisben shahrida O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlari doirasida Livanga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, 0:0 hisobida durang qayd etdi.

Tomonlar har ikkala bo‘limda ham gol ura olmadi. O‘zbekiston terma jamoasi 61-daqiqada Davron Hoshimovning qizil kartochkasi sabab maydonda bir kishi kam bo‘lib o‘yinni davom ettirishga majbur bo‘ldi.

Shu tariqa Ektor Kuper O‘zbekiston termasi bilan ikkinchi durangiga erishdi. Kuper boshchilgidagi O‘zbekiston dastlab sentabr oyida Suriya bilan durang — 1:1, Eronga qarshi o‘yinda mag‘lubiyat — 0:1 qayd etgandi. Oktabrdagi ikki o‘rtoqlik o‘yinida esa KXDR va Qatar termalari bir xil 2:0 hisobida mag‘lub etilgandi.

Endi O‘zbekiston 20-noyabr sanasida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi.

O‘rtoqlik o‘yini

15-noyabr, payshanba

Chetlatish: Davron Hoshimov 61.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2018, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют