» » O‘zbekiston milliy terma jamoasi antirekord o‘rnatishda davom etmoqda. G‘alabasiz o‘yinlar seriyasi 10 taga yetdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi antirekord o‘rnatishda davom etmoqda. G‘alabasiz o‘yinlar seriyasi 10 taga yetdi


Kecha, 11-sentabr sanasida futbol bo‘yicha Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Eron termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Mazkur mag‘lubiyat sabab milliy terma jamoaning g‘alabasiz o‘yinlar seriyasi 10 taga yetdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi oxirgi marta 2017-yilning 6-iyun sanasida Toshkentda Tailandni 2:0 hisobida mag‘lub etgandi. Shundan beri jamoa g‘alaba qozona olganicha yo‘q.

10 ta uchrashuvda quyidagicha natijalar qayd etilgan:

3 ta durang: Janubiy Koreya—O‘zbekiston 0:0, Senegal—O‘zbekiston 1:1, Suriya—O‘zbekiston1:1?;

7 ta mag‘lubiyat: O‘zbekiston?—Eron 0:2, O‘zbekiston?—?Xitoy 0:1, O‘zbekiston?—?BAA 0:1, O‘zbekiston?—?Marokash 0:2, O‘zbekiston?—?Eron 0:1, O‘zbekiston?—?Urugvay 0:3, O‘zbekiston?—?Eron 0:1?.

To‘plar nisbati: 2:13.

Ma’lumot uchun, bundan avvalgi g‘alabasiz o‘yinlar bo‘yicha antirekord 7 ta o‘yindan iborat bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2018, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют