» » BMT Bosh assambleyasi Qrimda inson huquqlarining cheklanishi haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi

BMT Bosh assambleyasi Qrimda inson huquqlarining cheklanishi haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi


BMT Bosh Assambleyasining ijtimoiy, madaniy va gumanitar muammolar uchun javob beruvchi uchinchi qo‘mitasi ketma-ket uchinchi yil Qrimda inson huquqlari buzilishlari haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Ta’kidlanishicha, bu yil 67 ta mamlakat rezolyutsiyani yoqlab ovoz bergan, 26 tasi qarshi chiqqan, 82 tasi esa betaraf qolgan. 2016 va 2017-yillarda rezolyutsiyani 70 tadan davlat qo‘llab-quvvatlagan, 26 tadan davlat qarshi chiqqan edi, betaraf qolgan mamlakatlar soni esa tegishli ravishda 77 va 76 tani tashkil qilgan.

Ukraina tomoni tuzgan rezolyutsiya matnida aytilishicha, Qrimda diniy ozchiliklarga “bosimning kuchayishi” kuzatilmoqda. Mualliflar fikricha, ozchiliklarga “politsiya qurshovlari”, shuningdek, “tahdid va ta’qiblar” yordamida bosim o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2018, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют