» » “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ yosh mutaxassislari universal traktor tirkamasini  ishlab chiqdi (foto)

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ yosh mutaxassislari universal traktor tirkamasini  ishlab chiqdi (foto)


“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tizimidagi O‘zbekiston-Koreya qishloq xo‘jaligi texnikalar konstruktorlik texnologik markazi yosh mutaxassislari tomonidan universal traktor tirkamasi ishlab chiqildi. Bu haqda AJ matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

“O‘zagrotexsanoatxolding” kompaniyasi raisi M.A.Karimovning g‘oyasi asosida ishlab chiqilgan ushbu traktor tirkamasining afzalligi shundan iboratki, bu tirkamaga nafakat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yuklash, balki  undan mavsum davomida fermer xo‘jaliklarining ishchi xodimlarini tashish, maxsus shtab sifatida foydalanish, shu bilan birga, dala  sharoitida yashash uchun ko‘chma uy sifatida ham foydalanish mumkin.

Tirkama 24 kishini tashish imkoniga ega, yuk ko‘taruvchanligi 4 tonna, platformaning gabarit o‘lchamlari 6500?2500?2400 mm, barcha g‘idiraklariga tormoz tizimi o‘rnatilgan, to‘xtab turish tormozi, elektr yoritish jihozlari bilan to‘liq jihozlangan. Odam tashish vaqtida ularning xavfsizlini ta’minlash uchun tirkamaning dastlab 3D varianti loyihalanib, uni to‘liq tahlil qilib tekshirib ko‘rilgan.

Universal traktor tirkamasini loyihalashda  markaz bosh direktori Sh.A.Ahmedov, yetakchi mutaxassislar K.D.Begmatov, M.R.Botirov, A.X.Muslimov, M.Jumaniyozov  va TGTU magistrati A.A.Akbaraliyevlar faol ishtirok etdi. Loyihani amalga oshirishda “Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinalari zavodi” AJ bosh muhandisi V.A.Kozinskiy va zavod sexlari yaqindan ko‘maklashdi.

Bugungi kunda mazkur tirkamani davlat sinovlardan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2018, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют