» » FIFA talabi qondirildi: PFL “Bunyodkor”ni 6 ochkodan mahrum qildi 

FIFA talabi qondirildi: PFL “Bunyodkor”ni 6 ochkodan mahrum qildi 


Pepsi Superliga ishtirokchisi “Bunyodkor” futbol klubi rasman 6 ochkodan mahrum qilindi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

PFL o‘ziga yuborilgan talabning bajarilgani yuzasidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga bildirishnoma taqdim etadi. O‘z navbatida O‘FA bu haqda Xalqaro futbol uyushmasi FIFAni xabardor qiladi.

Qayd etilishicha, “Bunyodkor” ukrainalik futbolchi Sergey Simonenko oldidagi qarzdorlik masalasini shu vaqtgacha ochiq qoldirdi. Professional futbol ligasi o‘z musobaqasida ishtirok etuvchi “Bunyodkor” klubini oxirigacha himoya qilishga qaror qildi. Aslida FIFA talabi shu yilning sentabr oyidayoq bajarilishi shart bo‘lsa-da, PFL vaziyatni to‘g‘rilash uchun “Bunyodkor”ga ikki oyga yaqin vaqt berdi. Biroq Toshkent jamoasi bu ishni yopa olmadi.

Sergey Simonenko 2015-yilgi mavsumning birinchi davrasida “Bunyodkor” sharafini himoya qilgan. Ammo u O‘zbekistonni tark etgan vaqtda ham klub futbolchi bilan to‘liq-hisob qilmagan. Keyinroq ukrainalik futbolchi FIFAga shikoyat arizasi yozgach, “Bunyodkor” ikki marta — 2016 va 2017-yillarda Sergey Simonenko uchun O‘zbekiston banki orqali ochilgan plastik kartaga ma’lum miqdorda pul tushirgan. Biroq bu pullar futbolchiga qadar yetib bormagan.

“Bunyodkor” iddaosiga ko‘ra, o‘sha plastik karta ichida Simonenkoning pullari turibdi. Istasa, futbolchi Toshkentga kelib, uni olib ketishi mumkin. Yo‘qsa, o‘zining ishonchli vakilini yuridik kuchga ega bo‘lgan ishonchnoma bilan poytaxtga jo‘natishi kerak. Jamoaning o‘zi futbolchi uchun ochilgan plastik karta ishiga aralasha olmaydi. “Bunyodkor” va Simonenko bu borada bir yechimga kela olmadi. Masalaning hal bo‘lishi FIFA uchun ham, PFL uchun ham muhim. Biroq fakt shuki, FIFA tomonidan aybdor deb topilgan “Bunyodkor” vaziyatni yumshata olmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2018, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют