» » O‘zbekiston BMTning Qrim haqidagi rezolyutsiyasi loyihasiga qarshi ovoz berdi

O‘zbekiston BMTning Qrim haqidagi rezolyutsiyasi loyihasiga qarshi ovoz berdi


BMT Bosh assambleyasining ijtimoiy, madaniy va gumanitar muammolarga mas’ul bo‘lgan uchinchi qo‘mitasi Qrimda inson huquqlarining buzilishiga oid rezolyutsiya loyihasini qabul qilgan. O‘zbekiston bu rezolyutsiyaga qarshi ovoz berdi. Bu haqda UNIAN axborot agentligiga tayanib, “Turon 24” xabar berdi.

Rezolyutsiyani 77 mamlakat, xususan, Ukraina, Yevropa Ittifoqi, Kanada, Turkiya va AQSh qo‘llab-quvvatlagan. 25 davlat rezolyutsiya qabul qilinishiga qarshi chiqqan. Ular orasida Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Armaniston, Eron, Hindiston, Xitoy, KXDR, Serbiya, Suriya va boshqa davlatlar bor. 77 ta davlat (asosan, Lotin Amerikasi va Afrika davlatlari) betaraf qolgan.

Ukraina tashabbusi bilan qabul qilinayotgan hujjatda Qrim va Sevastopolda inson huquqlari muntazam buzilayotganligi ta’kidlangan.

Rezolyutsiya BMT bosh assambleyasining navbatdagi sessiyasida qabul qilinishi kutilmoqda.

Hujjat 2016 va 2017-yillarda ham qabul qilingan, O‘zbekiston avval ham uni qo‘llab-quvvatlamagan.

Bu yilgi rezolyutsiya matnida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lib, unda Rossiyani inson hukuqlari borasidagi vaziyatni o‘nglash uchun berilgan tavsiyalarga amal qilishga chaqirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2018, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 98) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют