» » Qarshida OAV muzeyi hamda yozuvchi va jurnalistlar uchun ko‘p qavatli uylar quriladi

Qarshida OAV muzeyi hamda yozuvchi va jurnalistlar uchun ko‘p qavatli uylar quriladi


Qarshida 2019-yili ommaviy axborot vositalari muzeyi tashkil etiladi. Bu haqda qashqadaryolik keksa jurnalistlar bilan bo‘lgan muloqotda ma’lum qilindi, deya xabar beradi  “Turon 24”.

Muloqotda viloyat hokimining topshirig‘iga ko‘ra 2019-yilda Qarshi shahrida yozuvchi va jurnalistlar uchun ko‘p qavatli uylar qurilishi aytildi.

O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan davra suhbatiga keksa, nogiron va bugungi kunda ko‘makka muhtoj ustoz jurnalistlar taklif etilib, har biriga oziq-ovqat mahsulotlari sovg‘a qilindi.

“Viloyatda bugungi kunda 500 ga yaqin jurnalist faoliyat yuritmoqda, shundan 50 nafari keksa jurnalistlar, — deydi uyushma viloyat bo‘limi raisi Galovuddin Yo‘ldoshev. — Tashkilotimiz 2018 yilning boshidan buyon har chorakda uctozlarni yo‘qlab, ularning ko‘nglini ko‘tarish maqsadida davra suhbati tashkil etishni yo‘lga qo‘ygan. Muloqot davomida ular yosh jurnalistlarga mahorat sirlaridan saboq beradi. Shuningdek, OAV xodimlarini qiynayotgan muammolar va ularga yechim topish bo‘yicha muhokama o‘tkaziladi, yangi takliflar o‘rtaga tashlanadi”.

Galoviddin Yo‘ldoshevning so‘zlariga ko‘ra, OAV muzeyini tashkil etish va ijod ahli uchun yangi uylar qurib berish taklifi ham mana shu muloqotlar chog‘ida aytilgan. Bu takliflarni keyinchalik hokimlik va mutasaddi tashkilotlar ma’qullagan.

“Ilgari jurnalistlar uyushmasining a’zosi degan guvohnoma va ko‘krak nishoni berilardi, — deydi keksa jurnalist Yusuf Norov. — Ana shu amaliyotni tiklash kerak. Sohaga kirib kelayotgan har bir jurnalistga uyushmaning a’zolik guvohnomasi va ko‘krak nishoni topshirilsa, unda mas’uliyat, ishonchni oqlash, munosib bo‘lish hissi kuchayadi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2018, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют