» » Xitoy elchisi farg‘onalik jurnalistlar bilan uchrashdi

Xitoy elchisi farg‘onalik jurnalistlar bilan uchrashdi


Xitoyning O‘zbekistondagi Szyan Yan xonim Farg‘onaga safari davomida Jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limida ham bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga bo‘lim mutaxassisi Umida Mirzamatova ma’lum qildi.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi bilan Xitoy jurnalistlar assosatsiyasi orasida yaqin munosabatlar o‘rnatilgan bo‘lib, so‘nggi 3 yilda 28 nafar farg‘onalik jurnalist o‘zaro tajriba almashish uchun Xitoyga bordi, 31 nafar xitoylik jurnalist esa Farg‘onaga keldi.

Natijada Xitoy OAVlarida Farg‘ona viloyati misolida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida 2 ta ko‘rsatuv, 12 ta maqola e’lon qilindi. Farg‘ona OAVlarida viloyat jurnalistlarining Xitoy haqidagi 50 dan ziyod tahliliy maqolalari chop etilib, 2 ta ko‘rsatuv namoyish etildi.

XXRning O‘zbekistondagi elchisi Szyan Yan va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi Muhammadjon Obidov muzokaralar davomida Shandun, Shansi provinsiyalari, Xitoy Markaziy televideniyesining SSTV-4 kanali, Sindao televideniyesi jurnalistlari bilan ijodiy uyushma Farg‘ona viloyat bo‘limi hamkorligining amaliy natijalarini ma’qulladi.

Kelgusida Farg‘ona viloyati va Shansi provinsiyasiga har ikki mamlakat jurnalistlarining mediaturini tashkil etish yuzasidan kelishib olindi. “Dono” nashriyotining “Siz Xitoyni bilasizmi?” mavzusidagi megatanlovi va Xitoy tilida bolalar uchun “Bilimdon” jurnali chop etish loyihasi har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.

Muhammadjon Obidov Xitoy elchisiga tashrif uchun minnatdorlik bildirib, uyushma viloyat bo‘limi bundan buyon ham O‘zbekiston—Xitoy munosabatlarini yanada mustaxkamlashga munosib hissa qo‘shishi, hamkorlik esa izchil davom etishiga ishontirdi.

Uchrashuv chog‘ida so‘zga chiqqan farg‘onalik jurnalistlar ikki mamlakat OAVlari o‘rtasida bevosita ijodiy aloqalar o‘rnatish, uzoq muddatga jurnalistlar almashish, birgalikda matbuotning muxim masalalari yuzasidan xalqaro konferensiyalar tashkil etish kabi takliflarni bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2018, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют