» » Omonulla Madayev: Kitobxonlikni avvalo o‘qituvchilardan boshlash kerak

Omonulla Madayev: Kitobxonlikni avvalo o‘qituvchilardan boshlash kerak


Toshkentda davom etayotgan “Noshirlik ishi: kitobxonlarning badiiy-uslubiy saviyasi, kitobxon ehtiyojini qondirish borasida taklif va tavsiyalar” mavzusida o‘tkazilayotgan amaliy konferensiyada filologiya fanlari nomzodi Omonulla Madayev so‘zga chiqib, kitobxonlikni avvalo o‘qituvchilardan boshlash kerak degan taklifni kiritdi, deb yozadi O‘zA.

“Shu narsani esdan chiqarmaslik kerakki, inson kitobxonlik bilangina o‘z darajasini saqlab qoladi, — dedi Omonulla Madayev. — Faqat kitobxon ustoz kitobxon shogirdni shakllantiradi. Birinchi navbatda Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Matbuot va axborot agentligi birlashib maktablarda adabiyotdan dars beradigan o‘qituvchilarning saviyasini oshirish masalasini o‘ylashi kerak. Yaqinda Toshkent shahar o‘qituvchilarni malakasini oshirish institutida ma’ruza qildim, shunda ‘Kim ‘O‘tkan kunlar’ni o‘qigan?’ deb savol berdim. 100 foiz o‘qiganini aytib, qo‘l ko‘tardi. Shunda bu bilan masala hal bo‘lmaydi, ‘kim bir yil avval o‘qigan?’ desam, qo‘l ko‘tarmadi... ‘Kim ikki yil avval o‘qigan?’, desam hech kim qo‘l ko‘tarmadi... ‘Kim to‘rt yil avval o‘qigan?’, deb so‘raganimda, bir ikki kishi qo‘l ko‘tardi. Vaholanki u ‘O‘tkan kunlar’ romanidagi parchani maktabda o‘tadi. Demak, u har yili maktabda bu darsni o‘tishdan oldin romanni o‘qib, keyin sinfga kirishi kerak”.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Sobir Shukurovning ma’lumot berishicha, 2018-yilning o‘tgan 9 oyi davomida agentlik tomonidan o‘tkazilgan kitob monitoringi natijasida 479 ta qonun buzilishi aniqlangan va nashriyotlarga 50 dan ortiq taqdimnoma va ko‘rsatmalar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida” gi qonuni talablari 87 marta buzilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2018, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют