» » Qoraqalpog‘iston 128 nafar ayolning uy-joy olishi uchun 5,2 mlrd so‘m boshlang‘ich to‘lov to‘lab berildi

Qoraqalpog‘iston 128 nafar ayolning uy-joy olishi uchun 5,2 mlrd so‘m boshlang‘ich to‘lov to‘lab berildi


2018-yilning o‘tgan davri mobaynida Qoraqalpog‘istonda 303 nafar ayol uyli bo‘ldi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati.

Shundan Xotin-kizlar qo‘mitasi qoshidagi Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-kuvvatlash jamoat fondi tomonidan nogironligi bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan 128 nafar ayolga 5 milliard 22 million so‘m miqdorida uy olish uchun dastlabki badal pullari to‘lab berildi. Yaqinda mazkur qo‘mita tomonidan taxiatoshlik 11 nafar ayolga uylarning kalitlari topshirildi.

Ayollar tadbirkorligi ulushini oshirish, xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlikni tashkil etishga ko‘maklashish maqsadida Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan 2018-yilning o‘tgan davri mobaynida Qoraqalpog‘istonga 3,2 milliard so‘m ajratilgan. Kredit mablag‘lari yillik 7 foiz shart bilan ayollar tadbirkorligini boshlash yoki rivojlantirish maqsadida taqdim etildi.

Joriy yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda 20 mingga yaqin ishsiz ayol aniqlangan. Hozirda ulardan 18 ming 184 nafarini ish bilan ta’minlashga erishilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-11-2018, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют